Poytaxtimizning Uchtepa tumanida yana bir achinarli yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Katta halqa yo‘lida harakatlanib ketayotgan Chevrolet Onix avtomobili tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu mudhish holat mamlakatimizdagi yo‘llarda xavfsizlik masalasini yana bir bor dolzarb qilib qo‘ydi.
Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarma boshlig‘i Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu baxtsiz hodisa joriy yilning 22-oktabr kuni soat 15:00 larda sodir bo‘lgan. Transport vositasini boshqarib ketayotgan 20 yoshli haydog‘ piyodani o‘z vaqtida ko‘rmay qolgan yoki to‘xtashga ulgurmagan ko‘rinadi. Natijada og‘ir tan jarohatlari olgan jabrlanuvchi tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.
“Millar” informatsion dasturiga ma’lum qilinishicha, shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramahs, jabrlanuvchining hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan va u kasalxonada vafot etgan. Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, vafot etgan fuqaro atigi 20 yoshda bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining birida ikkinchi kurs talabasi sifatida tahsil olayotgan bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ushbu fojiali voqeadan so‘ng jamoatchilik e’tiborini jalb qilgan holda, mazkur xavfli hududda harakat xavfsizligini ta’minlash va kelgusida shunday holatlarning oldini olish maqsadida tezkorlik bilan svetofor o‘rnatilgani ma’lum qilindi.
Source: www.gazeta.uz