Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Poytaxtimizning markaziy qismida joylashgan Ellipse Garden Darhan turar-joy majmuasi o'zining navbatdagi muhim bosqichiga qadam qo'ydi. Loyiha doirasida dastlabki ikkita blok to'liq qurib bitkazilib, ularga tuthudosh hududlarni obodonlashtirish ishlari yakunlandi. Ayni paytda majmua davlat qabul komissiyasidan o'tish va xonadonlarni kelgusidagi egalariga topshirish jarayoniga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Me'moriy yechim nuqtai nazaridan mazkur obyekt o'zining nostandart shakli bilan ajralib turadi. Loyiha muallifi Serdar Sipahiog‘lu bo'lib, qurilish ishlari Turkiyaning Koç Construction kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Binolarning ellipssimon shakli cheksizlik ramzini ifodalaydi. Shuningdek, loyihani rejalashtirishda hududning tabiiy xususiyatlari, jumladan, quyosh nurlarining tushish yo'nalishi va shamollar gulchambari inobatga olingan.

Majmua 20 ming kvadrat metr maydonni egallagan keng ko'lamli yashil hududga ega bo'lib, bu yerda avtomobilsiz ichki hovli konsepsiyasi joriy etilgan. Bundan tashqari, loyiha doirasida rezidentlar uchun qo'shimcha 22 ta turli xonalarni o'z ichiga olgan Ellipse Effect infratuzilmasi taqdim etilmoqda. Bu yerda fitnes zali, basseyn, kinoteatr, konferens-zal va boshqa ko'plab qulayliklar mavjud.

Hozirgi kunda qolgan ikki blokda qurilish ishlari davom etmoqda. Xaridorlarga 15 xil rejalashtirish variantlari taklif etilib, xonadonlar qora pardoz holatida topshiriladi. Shuningdek, boshlang'ich badali 10 foizdan boshlanadigan 24 oylik muddatli to'lov shartlari ham taqdim etilmoqda.

Source: uznews.uz