Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Turkiyaning mashhur arzon narxlardagi Pegasus Airlines aviakompaniyasi Istanbul shahridan O‘zbekistonning Buxoro, Andijon va Termiz shahrilariga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini boshlashni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu yangi yo‘nalishlarning ochilishi haqidagi dastlabki ma'lumotlar kompaniyaning mobil ilovasida tarqalgan reklama materiallari orqali ommaga oshkor etildi.

Tasdiqlangan ma'lumotlarga ko'ra, parvozlar uchun chiptalar savdosi allaqachon boshlangan bo'lib, boshlang'ich narxlar 99 dollardan (soliqlarni hisobga olgan holda 89,99 yevrodan) belgilangan. Biroq, yakuniy tariflar yo‘nalish xususiyatlari, tanlangan sana va bo‘sh joylar mavjudligiga qarab farq qilishi mumkin. Barcha reyslar Istanbuldagi Sabiha Go‘kchen xalqaro aeroporti orqali amalga oshirilishi kutilmoqda.

Yangi aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi mahalliy yo‘lovchilar uchun Toshkent shahriga maxsus kelib o‘tirmasdan, bevosita o‘z viloyatlaridan Yevropaning yirik shaharlariga, jumladan London, Parij, Manchester va Pragaga qulay tranzit imkoniyatlarini ochadi. Shunga qaramay, mutaxassislar loukosterning qat'iy tarif siyosatini eslatib o'tishmoqda: eng arzon Light tarifiga faqat ixcham qo‘l yuki kiritilgan bo‘lib, boshqa har qanday bagaj uchun qo‘shimcha to‘lov talab etiladi.

Mazkur qadam O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyati tomonidan ham rasman tasdiqlangan bo'lib, Fuqaro aviatsiyasi agentligi reyestriga muvofiq, turk aviakompaniyasi o‘tgan yilning oktyabr oyida yo‘lovchi tashish uchun tegishli ruxsatnomani qo‘lga kiritgan edi. Eslatib o'tamiz, Pegasus kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirish niyatlari uzoq yillardan beri muhokama qilib kelinayotgan edi.

Source: www.gazeta.uz