Yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 29,2% oshdi
O‘zbekistonning 2026-yil yanvar oyidagi tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,2% o‘sib, 5,8 milliard dollarni tashkil etdi. Statistika agentligining hisobotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yil yanvariga qaraganda 1,3 milliard dollarga yuqori.











