Isroildagi vaziyat keskinlashuvi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarga murojaat qildi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mintaqadagi vaziyat keskinlashuvi munosabati bilan vatandoshlarga favqulodda murojaat tarqatdi. Diplomatik idora mamlakat hududida raketalar qoldiqlaridan jabrlanganlar soni oshayotganini ta'kidlab, fuqarolarni maksimal ehtiyotkorlik va xavfsizlik choralarini qat'iy rioya qilishga chaqirdi.











