Sharifa Davronova dunyo chempionatida 10-o‘rinni egalladi
Polshaning Kuyavya-Pomorshe shahrida o‘tkazilayotgan yopiq inshootlardagi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ishtirok etmoqda. 118 mamlakatdan 674 sportchi qatnashayotgan musobaqaning ikkinchi kunida, uch hatlab sakrash bo‘yicha 19 yoshli Sharifa Davronova 13,81 metr natija ko‘rsatdi.











