Real Madrid Elcheni 4:1 hisobida mag‘lub etdi, Arda Gülerning yarim maydondan goli hayratda qoldirdi
Real Madrid La Ligada Elchega qarshi o‘yinda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning eng diqqatga sazovor lahasi turkiyalik yosh yarim himoyachi Arda Gülerning o‘z yarim maydonidan amalga oshirgan ajoyib goli bo‘ldi. 21 yoshli futbolchi 89-daqiqada raqib darvozaboni chiziqdan tashqarida ekanligini sezib, chap oyog‘i bilan uzoq masofadan zarba berdi – to‘p beozor darvozabon ustidan uchib o‘tib, bir marta sakrab, darvozaga kirdi.











