Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan Kiberxavfsizlik strategiyasini imzoladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-mart kuni 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan Kiberxavfsizlik strategiyasini belgilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatda mamlakatning raqamli rivojlanishi va axborot xavfsizligini ta’minlashning bir qator asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri kiberxavfsizlik sohasida texnologik mustaqillikka erishishdir.











