Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Safar davomida u hududdagi bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, ijtimoiy va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishadi va yangi loyihalarni ishga tushiradi.
27-fevral kuni davlat rahbari Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.
Source: www.gazeta.uz