Toshkent shahrida O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston energetika vazirlarining uchtomoncha uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv natijasida tomonlar mintaqaning suv-energetika sohasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirishga kelishib oldilar.

Foto: Qozog'iston Respublikasi Energetika vazirligi

Muzokaralarda Qozog'iston Energetika vaziri Erlan Akkenjenov, Qirg'iziston Energetika vaziri Taalaibek Ibraev va O'zbekiston Energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudov ishtirok etdi. Shuningdek, Tojikiston Energetika vaziri Daler Juma ham majlisga taklif qilingan edi.

Uchrashuv ishtirokchilari suv-energetika resurslarini boshqarishdagi hamkorlikning hozirgi holati, shuningdek mintaqaviy energetika tizimining barqaror ishlashini ta'minlash masalalarini muhokama qildilar. Alohida e'tibor elektr stansiyalarining ish rejimlarini muvofiqlashtirish, suv resurslaridan foydalanish parametrlariga rioya qilish va energetika ta'minotining mustahkamligini oshirish uchun birgalikda qarorlar ishlab chiqishga qaratildi.

Tomonlar mavsumiy yuklanish davrlarida o'zaro qo'llab-quvvatlashning muhimligi va Markaziy Osiyoning energetika xavfsizligini ta'minlash uchun chegaradosh daryolarda suvning barqaror darajasini saqlash zarurligini ta'kidladilar.

Muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlarni mustahkamlovchi va mamlakatlarning suv-energetika sohasidagi hamkorlikni davom ettirish niyatini tasdiqlovchi protokol imzolandi.

Source: kun.uz