Muqaddas Ramazon oyi O'zbekistonda 19 fevraldan boshlanadi. Buni Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Musulmonlari Idorasi ma'lumotlariga tayanib chiqargan qarori e'lon qildi.

Foto: Getty images

Qarorda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Din ishlari qo'mitasi, Mahalla assotsiatsiyasi, Milliy ijtimoiy himoya agentligi va "Nuroniy" jamg'armasi bilan hamkorlikda Ramazon oyi tadbirlarini milliy an'analar va ma'naviy qadriyatlarga muvofiq tashkil etish topshirildi.

Tadbirlar "Ramazon – rahm-shafqat, birlik va shukrona oyi" shiori ostida o'tkaziladi. E'tibor kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo'llab-quvvatlash, mahallalarda o'zaro hurmat va kelishuv muhitini mustahkamlash, muqaddas joylar, ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirishga qaratiladi.

Shuningdek, qarorda tadbirlarni haddan oshirmasdan – ixcham, mazmunli va tejamlilik tamoyillariga rioya qilgan holda o'tkazish zarurligi ta'kidlandi.

Source: kun.uz