Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishi protokoli tasdiqlandi. 2026-yil 17-fevraldan 2027-yil 1-yanvargacha bir qator tovarlar uchun import bojlarining pasaytirilgan stavkalari qo‘llaniladi, ayrim yo‘nalishlar uchun esa bojlar to‘liq bekor qilinadi.
2026-yil 16-fevraldagi yig‘ilish protokoli orqali, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, raqobatbardoshlikni oshirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, amaldagi stavkalar o‘rniga vaqtincha pasaytirilgan import boji stavkalari joriy etildi.
Vaqtincha stavkalar 2026-yil 17-fevraldan 2026-yil 1-yanvargacha amal qiladi. Shu bilan birga, 2027-yil 1-yanvargacha, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida import qilinadigan tovarlar uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining ayrim kodlari bo‘yicha, pasaytirilgan stavkalar faqat "Loyihalar va import shartnomalari ekspertizasi markazi" Davlat unitar korxonasining ijobiy xulosasi asosida qo‘llaniladi. Agar shartlar bajarilmasa, amaldagi stavkalar qo‘llaniladi.
Pasaytirilgan stavkalar doirasida, apelsin, ananas, greyfrut, pomelo va boshqa sitrus mevalaridan sharbat ishlab chiqarishda foydalaniladigan meva konsentratlari uchun 3 foizli import boji belgilandi.
Asosiy yangiliklar qatorida, olmos, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, shuningdek, kabel mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan alyuminiy sim uchun import bojidan ozod qilish belgilandi.
Source: kun.uz