Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryoga tashrifi chog‘ida uchrashgan maktab o‘quvchisi Feruza Jumagulova Termiz davlat universitetida grant asosida o‘qish huquqiga ega bo‘ldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, prezident 26-fevral kuni Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-maktabga tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar bilan suhbatlashgan.

Uchrashuvda 10-sinf o‘quvchisi Feruza Jumagulova robototexnikaga qiziqishi va TerDU talabasi bo‘lish istagini bildirgan. Prezident tashabbusi bilan u 2027-2028 o‘quv yilidan boshlab Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishida grant asosida o‘qishi belgilandi.

27-fevral kuni Prezident administratsiyasi, vazirlik vakillari, TerDU rektori va maktab jamoasi ishtirokida Feruzaga sertifikat topshirildi.

Source: www.gazeta.uz