Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2025-yil dekabr oyida 'Dok-1 Maks' va 'Ambronol' siroplaridan jabr ko'rgan besh kishi (uch nafar nogiron bo'lgan, ikki nafar vafot etgan) o'zlarining qonuniy vakillari orqali Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi va O'zbekistondagi Quramax Medical MCHJ'dan ma'naviy zarar undirish haqida da'vo arizasi kiritdi. Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi 2026-yil 2-fevralda da'voni qanoatlantirdi.

Sud qaroriga ko'ra, har bir jabrlanuvchi uchun 1 milliard so'm miqdoridagi ma'naviy zarar ikki kompaniyadan solidar tartibda undiriladi. Bu summa avvalgi jinoyat hukmlarida belgilangan va hali to'liq to'lanmagan 1 milliard so'mlik zararga qo'shimcha hisoblanadi.

Sudya yordamchisi Asilbek Davlatovning aytishicha, qaror 2026-yil 3-martdan qonuniy kuchga kiradi va agar shikoyat bo'lmasa, ijro qilinadi. Marion Biotech Hindistonda ro'yxatdan o'tganligi sababli undiruv xalqaro huquq normalari asosida amalga oshiriladi.

Source: www.gazeta.uz