Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda o‘smir boshqaruvidagi BMW M4 avtomobili urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgan YPX inspektori, kichik serjant Xosilbek Eshnazarov Qashqadaryo viloyatida so‘nggi yo‘lga kuzatildi. O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi departamenti matbuot xizmati vidolashuv marosimidan suratlarni e’lon qildi.

33 yoshli inspektor bilan xayrlashish uchun IIV, JXD, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati hamda uning ko‘plab xizmatdoshlari tashrif buyurdi. Uning sharafiga quroldan o‘t ochildi.

“Xodimning fidoyiligi, burchiga sadoqati va jasorati yurtdoshlarimiz qalbida abadiy saqlanib qoladi”, deyiladi IIV JXD xabarida.

Gazeta’ning xabar qilganidek, BMW M4 rulida 16 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘lgan. U avtomobilni olib qochish va qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda gumonlanmoqda.

Source: www.gazeta.uz