Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

28-fevral kuni Sankt Peterburgda bolani qutqargan Xayrullo Ibodullayev Toshkentga uchib keldi. Uni qarindoshlari, jurnalistlar va jamoatchilik kutib oldi.

Centrum Air aviakompaniyasi unga 5 yil muddatga bepul parvoz sertifikatini berdi. Centrum Holidays turoperatori esa ota-onasiga Umra ziyorati uchun yo‘llanma sovg‘a qildi.

Ibodullayev qutqarish paytida qo‘lidan jarohat olgan, hozir oilasi bilan dam olmoqchi. U O‘zbekistonda ishlash imkoniyatini ko‘rib chiqishini aytdi.

U 7-qavatdan tushayotgan 7 yoshli bolani ushlab olgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uni “Jasorat” medali bilan taqdirladi. Sankt Peterburg gubernatori va RT rahbari ham mukofotlar berdi.

Source: www.gazeta.uz