Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) ushbu mintaqada bo‘lib turgan yoki safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun tavsiyalar e’lon qildi.
TIV fuqarolarga rasmiy ma’lumotlarga tayanish, diplomatik vakolatxonalar bilan aloqada bo‘lish, mahalliy qoidalarga rioya qilish, hujjatlarni tartibda saqlash va aloqa vositalarini doimo yoqiq holda tutishni tavsiya qiladi.
Shuningdek, TIV O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi xorijiy vakolatxonalarining tezkor aloqa va “ishonch telefonlari” raqamlarini keltirdi:
- TIV Konsullik xizmati departamenti: +998 97 136 51 51, Koll-markaz: 1164
- Erondagi elchixonasi (Tehron): +98 912 132 78 23 (Mas’ul: Yo‘ldoshev Elbek)
- Qatardagi elchixonasi: +974 5141 1001 (Konsul: Otabek Muratov), +974 3352 0001 (Elchi maslahatchisi: Shuhrat Teshboyev)
- BAAdagi elchixonasi: +971 54 212 18 53 (Jahongir Xaitov)
- Dubaydagi Bosh konsulxonasi (BAA): +971 55 986 90 40 (Konsul: Bobonazarov Jahonboy), +971 55 956 41 10 (Konsul: Odilov Azizbek)
- Saudiya Arabistonidagi elchixonasi: +966 11 263 52 23, Konsul: Azimjon Qobiljonov – +966 56 721 77 31 (Telegram/WhatsApp)
- Jiddadagi Bosh konsulxonasi (Saudiya Arabistoni): +966 12 607 72 50, Konsul: Shuhrat Ibragimov – +966 59 439 08 50 (Telegram/WhatsApp)
- Quvaytdagi elchixonasi: +965 2539 6515, Maslahatchi: Ergashev Iqboljon – +965 9713 0270, Konsul: Toirov Islomxon – +965 9942 7517
- O‘mmondagi elchixonasi: +968 7159 5715 (Konsul: Otabekjonov Ramzbek)
- Isroildagi elchixonasi: Konsul: Abdullayev Shuhrat – +972 54 485 13 97
Source: www.gazeta.uz