Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi mamlakatda bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi. Mintaqadagi vaziyatning keskinlashuvi tufayli O‘zbekiston aviakompaniyalarining Yaqin Sharq mamlakatlariga reyslari vaqtincha to‘xtatildi.

Fuqarolarga aviaperevozchilarning rasmiy xabarlarini kuzatish, faqat tekshirilgan manbalardan foydalanish va tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslik tavsiya etilmoqda. Shuningdek, Iordaniya va Bahrayn hududidagi fuqarolardan shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya qilish so‘raldi, jumladan, gavjum joylardan uzoq yurish va mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga amal qilish.

Favqulodda vaziyatlarda elchixonalarga murojaat qilish mumkin. Barchani ehtiyotkorlikka chaqirishdi.

Source: www.gazeta.uz