O‘zbekiston musulmonlari idorasi Yaqin Sharqdagi voqealar tufayli umra safarlarini vaqtincha kechiktirish haqida xabar berdi.
Mintaqadagi keskinlashuv va havo makonidagi cheklovlar sababli aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga ushbu hududga safar qilmaslik va u yerda bo‘lgan vatandoshlarga ehtiyotkorlikni kuchaytirishni tavsiya qildi.
Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi va turoperatorlar umra safarlarini vaqtincha kechiktirmoqda.
2-martdagi Toshkent-Jidda reysi ham ma’lum muddatga qoldirildi.
Aviaqatnovlar qayta tiklanishi haqida rasmiy manbalar orqali qo‘shimcha axborot beriladi.
Source: www.gazeta.uz