Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Termiz davlat pedagogika instituti biologiya fakulteti 3-kurs talabasi Feruza Tuxtamurodova skorpion zaharisini uning o'limisiz olish imkonini beruvchi innovatsion qurilma yaratdi.

O'zbekiston Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma'lumotiga ko'ra, an'anaviy usulda qimmatli skorpion zaharisini olish uning o'limiga olib keladi. Feruzaning yangi qurilmasi elektr stimulyatsiya usuliga asoslangan bo'lib, bir skorpiondan bir necha marta zaharni olish imkonini beradi. Bu biologik material tanqisligini kamaytiradi va farmatsevtika sohasiga yangi imkoniyatlar ochadi.

Skorpion zaharisida mavjud bo'lgan xlorotoksin saraton hujayralarining o'sishini sekinlashtira oladi. Shuningdek, neyrotoksinlar asab tizimi kasalliklarini davolashda qo'llanilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, xorijda skorpion zaharisining narxi 12 ming dollargacha, O'zbekistonda esa 5 ming dollar atrofida.

Source: podrobno.uz