Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tumanlari hokimliklari mansabdor shaxslari xizmat safarlariga yaqin qarindoshlari va aloqador bo‘lmagan xodimlarni yuborgani aniqlandi. Antikorrupsiya agentligi ma’lum qildi.

Xitoydagi seminarga Qo‘shrabot tuman hokimining haydovchisi M.T. va o‘g‘li D.D. yuborilgan. Delegatsiya ro‘yxatiga hokimning turmush o‘rtog‘i M.Sh. va boshqa mansabdor shaxsning qarindoshi Ch.H. asossiz kiritilgan. N.X. va M.S. texnikum xodimi sifatida ko‘rsatilgan, lekin ular u yerda ishlamaydi.

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi Xitoy safariga safar maqsadlariga aloqador bo‘lmagan xodimni kiritgan. Avvalroq, tuman hokimi Jamshid Nasriddinovning o‘smir o‘g‘li safarda bo‘lgani suratlarda aks etgan.

Hokimliklar xorijiy safar haqidagi ma’lumotlarni yashirgani aniqlandi. Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashni davom ettiradi.

Avvalroq, 2025-yilda Sankt Peterburg bayramiga amaldorlar farzandlari va yaqinlarini yuborgani aniqlanib, 28 mln so‘m undirilgan va boshliq ishdan olingan edi.

Source: www.gazeta.uz