Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi Toshkent viloyatida "Musaffo obi hayot magistral suv ta'minoti" AJ tomonidan ichimlik suvi va oqova xizmatlari tariflari oshirilishi natijasida iste'molchilardan 2,2 mlrd so'mdan ortiq mablag' asossiz undirilganini aniqladi.

Qo'mita tegishli tashkilotga bu mablag'larni qaytarish, moliyaviy jarima qo'llash va kelajakda bunday holatlarni oldini olish bo'yicha ko'rsatma berdi. Avvalroq qo'mita "Yerostigaz" tomonidan Angren AESga gaz yetkazib berishda 2,8 mlrd so'm asossiz undirilganini aniqlagan edi.

Source: www.gazeta.uz