Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Livan hukumati "Hizbulloh" harakatining harbiy faoliyatini "darhol taqiqlash" haqida e'lon qildi.

Bosh vazir Navof Salam guruhning har qanday jangovar operatsiyalari va xavfsizlik harakatlari endi noqonuniy ekanligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, tashkilot a'zolari qurollarni davlatga topshirishlari kerak, harakat faoliyati esa faqat siyosiy sohaga cheklanishi lozim.

Livan hokimiyatining qarori Eron tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan Hizbulloh tomonidan Isroilga qilingan raketa zarbalari va dron hujumlaridan keyin qabul qilindi. Isroil harbiylari ma'lumotlariga ko'ra, ba'zi raketalar ushlab qolindi, qolganlari ochiq maydonlarga tushdi. Javoban, Isroil Harbiy-havo kuchlari guruh nazorati ostidagi Bayrutning janubiy chekkalariga havo hujumlari amalga oshirdi. Tsahal vakili hozircha Livanda quruqlik operatsiyasi rejalari yo'qligini aytdi.

Isroil mudofaa vaziri Isroel Kats Hizbulloh rahbari Shayx Naim Qosimni zarba maqsadi deb e'lon qilib, uni "eng past do'zax" bilan tahdid qildi, uni Eron oliy rahbarining taqdiri bilan taqqoslab.

Source: kun.uz