Toshkentda Yevropaga ishga jo‘natish va’dasi bilan 140 nafar fuqaroni aldagan shaxslar sudlandi
Toshkent shahri Chilonzor tumanida fuqarolarni Germaniya, Polsha, Slovakiya va Xorvatiya kabi Yevropa davlatlariga ishga jo‘natish va vizalarni rasmiylashtirishni va’da qilib, ularni aldagan shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Jabrlanuvchilar soni 140 nafarni tashkil etgan. Jinoyatchilar 2023-yil yanvar oyidan boshlab bir nechta MCHJ tashkil etib, ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama tarqatgan, unda oylik maosh 1000 yevrodan 5000 yevrogacha bo‘lishi mumkinligi aytilgan.











