O‘zbekistonda ayollar uchun davlat granti kvotasi ikki baravar oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimida mamlakatda ayollar uchun davlat granti kvotasi yangi o‘quv yilidan boshlab ikki baravar oshirilib, 4 mingga yetkazilishi e’lon qilindi. Bu qaror ehtiyojmand oilalardagi ayollarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.




