Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Tailandning Bangkok shahrida 16-may kuni yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi o‘rtasida sodir bo‘lgan og‘ir to‘qnashuvda 8 kishi halok bo‘ldi, 33 kishi jarohatlandi.

Nation Thailand nashriga ko‘ra, avtobus temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotganda rels ustida to‘xtab qolgan. Konteyner tashiyotgan yuk poyezdi esa to‘xtashga ulgurmay, avtobusga borib urilgan.

Bangkokdagi Police General Hospital sud-tibbiyot ekspertizasi ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlardan ikki nafari Tailand fuqarosi ekani aniqlangan. Qolgan qurbonlarning kimligi hozircha ma’lum emas.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi voqeada o‘zbekistonliklar jabrlanmaganini ma’lum qildi. O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi vaziyatni doimiy nazoratga olgan.

Zarur hollarda fuqarolar O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin: +66-2 675-3995 va +66-2 675-3996.

Source: www.gazeta.uz