Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Nyu-Yorkdagi Christie's auktsion uyida nashriyot magnati S.I. Nyuxaus to'plamidagi asarlar savdosi haftasi boshlandi. Eng katta qiziqishni amerikalik abstrakt ekspressionist Jekson Pollokning "7A-raqam, 1948" nomli kartinasi uyg'otdi.

Taxminan 3x1 metr o'lchamdagi yog' va emal bo'yoqlari bilan ishlangan tuval 181,2 million dollarga (156,2 million yevro) sotildi. Bu Pollokning 2021-yildagi o'z rekordi (61,2 million dollar)ni uch baravar oshirdi va asarni auktsionda sotilgan eng qimmat to'rtinchi san'at asariga aylantirdi.

Christie's mutaxassislari bu asarni "Pollokni an'anaviy molbert rasmi kishanlaridan xalos qilgan va san'at tarixidagi birinchi chinakam abstrakt rasmlardan biri" deb ta'riflaydi. Rassom bu asarni 1948-yilda Long-Aylenddagi studiyasida 36 yoshida yaratgan.

Savdoda boshqa qimmatbaho asarlar ham bor edi: Mark Rotkoning "№15 (Ikki yashil va qizil chiziq)" 98,4 million dollarga, Joan Mironing "Madam K. portreti" 53,5 million dollarga sotildi. Konstantin Brunkushining bronzadan yasalgan "Danaida" haykali 107,6 million dollarga baholanib, auktsionda sotilgan ikkinchi eng qimmat haykal bo'ldi.

Umuman, Christie'sning uch soatlik savdosi 1,1 milliard dollar foyda keltirdi. Nyuxaus kolleksiyasidagi 16 lot 630,8 million dollar, XX asr asarlari savdosi esa 490,3 million dollar tashkil etdi.

Jekson Pollok 1912-yilda Vayoming shtatida tug'ilgan, Nyu-Yorkda tahsil olgan va Peggy Guggenxaym galereyasida ishlagan. U spirtli ichimliklarga ruju qo'ygan, 1956-yilda mast holda avtohalokatda vafot etgan. Bugungi kunda uning asarlari dunyoning eng yirik muzeylarida saqlanadi.

Source: www.dw.com