Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatini 32 tadan 48 ta jamoaga kengaytirishni inklyuzivlik nuqtai nazaridan muhim qadam sifatida baholamoqda. Bu qaror ilgari hech qachon saralashdan o‘tmagan davlatlarga yo‘l ochdi.

Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan turnirda to‘rtta jamoa ilk bor ishtirok etadi: Kabo-Verde, Kyurasao, Iordaniya va O‘zbekiston. Mana ular haqida qisqacha ma’lumot.

Senegal qirg‘oqlari yaqinidagi 525 ming aholili kichik arxipelag Kabo-Verde Jahon chempionatida ishtirok etuvchi eng kam aholili uchinchi davlatga aylandi. Jamoa sardori Rayan Mendes (35 yosh) Turkiyaning Ikkinchi ligasida o‘ynasa-da, oktabr oyida Esvatini ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabada asosiy rol o‘ynadi.

Kabo-Verde 2023 yilgi Afrika Millatlar Kubogida Gana bilan bir guruhda birinchi o‘rinni egallab, chorak finalga chiqqan edi. 2025 yilgi turnirga chiqolmagan bo‘lsa-da, 2026 yilgi saralashda Kamerunni ortda qoldirib, guruhda birinchi bo‘ldi. Jamoa asosan Portugaliya va Gollandiyadagi diaspora futbolchilariga tayanadi.

Kyurasao – 160 ming aholisi bilan Jahon chempionatiga chiqqan eng kichik davlat. Gollandiyaga qarashli bu orol terma jamoasini 78 yoshli murabbiy Dik Advokat boshqarmoqda, u turnir tarixidagi eng keksa murabbiyga aylanadi. Eng taniqli futbolchisi – “Sheffild Yunayted”da o‘ynaydigan Taitix Chong.

Iordaniya bosh murabbiyi Jamal Sellami jamoasini 2022 yilgi Marokash misolida ruhlantirmoqda. “Katta musobaqalarda ko‘p jamoalar kutilmagan natijalarni ko‘rsatishi mumkin”, dedi u. Jamoa yulduzi – “Renn” vingeri Muso Al-Taamari. Yarim himoyachi Nur Al-Ravabda esa “ba’zan bu haqda o‘ylab uxlay olmaymiz”, deydi.

O‘zbekiston FA vitse-prezidenti Ravshan Irmatov: “Jahon chempionatiga chiqish 38 million kishining 34 yillik orzusi edi”. Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanec sog‘lig‘i sababli ketganidan so‘ng, Olimpiya termasi murabbiyi Temur Kapadze yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Eng mashhur futbolchilar – Eldor Shomurodov va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Xusanov. Hozirda jamoani italiyalik jahon chempioni Fabio Kannavaro boshqarmoqda.

Source: www.aljazeera.com