Misr term jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassan 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati uchun dastlabki tarkibni e'lon qildi. Jamoa sardori Mohamed Salah va Manchester City hujumchisi Omar Marmoush hujumda asosiy kuch bo'lishadi.
Nantes hujumchisi Mostafa Mohamedning tarkibga kiritilmagani kutilmagan qaror bo'ldi. U mavsumda 24 o'yinda bor-yo'g'i 4 gol urgan va Nantes Ligue 1dan tushib ketgan.
19 yoshli Hamza Abdelkarim esa Barselona U19 jamoasidagi ajoyib formasi tufayli ilk bor katta terma jamoaga chaqirildi. U Misr futbolining eng istiqbolli yosh hujumchilaridan biri hisoblanadi.
Misr term jamoasi 28-may kuni Qohirada Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi, shundan so'ng tarkib 26 futbolchiga qisqartiriladi.
Jahon chempionati oldidan Misr 6-iyun kuni Klivlendda Braziliya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Guruh bosqichida esa Belgiya, Yangi Zelandiya va Eron bilan to'qnash keladi.
Source: www.aljazeera.com