Avstraliyaning shimoliy-sharqidagi Kvinslend shtati qirg‘oqlarida akula hujumi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiya xabar berdi.
Hodisa yakshanba kuni Kvinslend qirg‘og‘idan 45 km uzoqlikdagi sayoz rif bo‘lgan Kennedi Shoal yaqinida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi qirg‘oqqa olib kelingan, biroq tez yordam yetib kelganidan so‘ng vafot etgan.
Politsiya jabrlanuvchining ismini oshkor qilmagan. Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, hududdagi plyajlar xavfsizlikni baholash uchun yopilgan.
Bu Avstraliyada bir hafta ichida ikkinchi o‘limga olib kelgan akula hujumidir. 16 may kuni g‘arbiy qirg‘oqda Pert yaqinida 38 yoshli erkak akula tomonidan tishlab olinganidan keyin vafot etgan edi.
Sog‘liqni saqlash va farovonlik instituti ma’lumotlariga ko‘ra, akula hujumlarining aksariyati Avstraliyaning sharqiy va janubi-sharqiy qirg‘oqlarida sodir bo‘ladi va har yili o‘rtacha 20 ta holat qayd etiladi.
Source: www.aljazeera.com