Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala O‘zbekiston va mintaqa bilan hamkorlik istiqbollari haqida keng qamrovli intervyu berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda qabul qilingan strategiya yangilanishi mumkin, chunki hujjatning amal qilish muddati tugash arafasida.

Xakala ta’kidlashicha, 2023-yilda qabul qilingan qo‘shma yo‘l xaritasi strategiyani amalga oshirishda tezkorlikni ta’minlaydi. Biroq, strategiyaning o‘zini yangilash jarayoni yaqin kelajakda boshlanishi mumkin, ammo bu Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va institutlar o‘rtasida uzoq maslahatlashuvlarni talab qiladi.

Diplomatinig fikricha, Markaziy Osiyo so‘nggi yillarda geosiyosiy o‘yinchiga aylanish yo‘lida jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Mintaqaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda, bunga Qirg‘izistonning BMT Xavfsizlik Kengashiga muvaqqat a’zo bo‘lishi misol bo‘la oladi.

Xakala Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikda prinsipial kelishmovchiliklar yo‘qligini, ammo institutsional darajada muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurligini qayd etdi. U, shuningdek, Qambarota GES loyihasini muvaffaqiyatli misol sifatida keltirdi.

Investitsiyalar uchun to‘siqlar haqida gapirar ekan, Xakala infratuzilmaning yetarli emasligi, huquqiy noaniqlik va energetika tizimidagi muammolarni sanab o‘tdi. U Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirish va raqamli transformatsiyani kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Source: www.gazeta.uz