O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning Jahon chempionati-2026 saralash bosqichidagi goli FIFAning eng yaxshi gol nominatsiyasida yuqori o'rinni egalladi.
Final so'rovnomada Shomurodovning o'tkir burchakdan urgan goli Lionel Messi, Kilian Mbappe va Jud Bellengem kabi jahon futbol yulduzlarining aniq zarbalaridan o'zib ketdi. Eslatib o'tamiz, avvalroq ushbu gol CHM-2026 guruh bosqichining eng yaxshi goli deb topilgan edi.
Nominatsiya g'olibi Kabo-Verde terma jamoasi himoyachisi Sidni Kabral bo'ldi, uchinchi o'rin esa Gaiti terma jamoasi hujumchisi Vilson Izidorga nasib etdi.
Source: uznews.uz