Ultimate Fighting Championship (UFC) jangchisi Allan Nascimento 34 yoshida uyqu paytida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda MMA tashkiloti o'z rasmiy saytida ma'lum qildi.
UFC bayonotiga ko'ra, braziliyalik sportchi 3-avgust, dushanba kuni ertalab uyida javobsiz holda topilgan. Shifokorlar guruhi uni jonlantirishga urinishgan, biroq bu muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Nascimento butun umri davomida San-Pauluda yashagan va ortida rafiqasi hamda ikki farzandini qoldirgan. Uning so'nggi jangi iyun oyida Mitch Raposoga qarshi bo'lib, u hakamlar qarori bilan mag'lubiyatga uchragan edi.
Sportchi Chute Boxe jamoasidan chiqqan bo'lib, UFC dagi rekordi 4 g'alaba va 2 mag'lubiyatni tashkil etgan. Umumiy MMA rekordi esa 22 g'alaba va 7 mag'lubiyatdan iborat.
Chute Boxe jamoasi o'z bayonotida: "Biz jangchi, do'st, fidoyi raqib va ajoyib insonni yo'qotdik. U o'zining qat'iyati, kamtarligi, hurmati va jangovar ruhi bilan barchani ilhomlantirgan. Uning ismi, hikoyasi va merosi abadiy yashaydi", deyilgan.
Source: www.aljazeera.com