ILNA agentligi Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodning o‘limi haqidagi xabarni o‘chirib tashladi. Avvalroq agentlik 1-mart kuni Ahmadinajodning Tehrondagi AQSh va Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lganini xabar qilgan edi.
Xabarga ko‘ra, u Tehronning Narmak tumanidagi qarorgohida vafot etgan. Ahmadinajod 2005-2013 yillarda Eron prezidenti bo‘lib ishlagan.
ILNA agentligi xabarni tez orada o‘chirib tashladi, bu esa uning to‘g‘riligiga shubha tug‘diradi.
Source: www.gazeta.uz