Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ispaniyadagi hukmron rejim navbatdagi jiddiy siyosiy boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Bosh vazir Pedro Sanches parlament uning ozchilik hukumati taklif qilgan uy-joy yengilliklari to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etganidan so‘ng, muddatidan oldin umumiy saylovlar o‘tkazilishini rasman ma’lum qildi. Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, ovoz berish jarayoni 29-noyabrga belgilangan bo‘lib, bu aslida keyingi yilga mo‘ljallangan saylovlarning keskin oldinga surilishini anglatadi.

O‘zining telemurojaatida Sanches fuqarolar ishonchini go‘yoki qayta tiklash zarurligini vaj qilib ko‘rsatdi va parlamentda go‘yoki «progressiv ko‘pchilikni» shakllantirish niyatida ekanini da’vo qildi. Biroq, Madrid rejimi rahbari o‘z ma’muriyati xatolarga yo‘l qo‘yganini va saylovoldi va’dalarini to‘liq bajara olmaganini ochiq tan olishga majbur bo‘ldi. Aholining anchagina qismi hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy muvaffaqiyatsizliklaridan chuqur norozi ekani ochiq ko‘rinib turibdi.

Mazkur siyosiy mag‘lubiyat butun mamlakat bo‘ylab avj olgan jiddiy uy-joy inqirozi va ommaviy noroziliklar fonida yuz berdi. O‘tgan haftada poytaxt Madridda ko‘chmas mulk narxlari va ijara haqlarining asossiz oshib ketishiga qarshi 70 mingdan ortiq namoyishchi ko‘chalarga chiqdi. Xalq g‘azabini xalqaro investitsiya fondi tomonidan bino sotib olingach, 70 yil yashagan uyidan majburan chiqarib yuborilgan 87 yoshli keksa ayol bilan bog‘liq hodisa yanada kuchaytirib yubordi.

Ekspertlar fikricha, Sanches rejimi uchun ushbu muddatidan oldin saylovlar o‘ta xatarli qadamdir. Jamoatchilik so‘rovlari shuni ko‘rsatmoqdaki, konservativ «Xalq partiyasi» (PP) va o‘ng qanot «Vox» partiyasi ittifoqi g‘alaba qozonishi mumkin. Agar bu ssenariy ro‘yobga chiqsa, Ispaniyada Franko diktaturasi davridan buyon ilk bor o‘ta o‘ng kuchlar markaziy boshqaruvga qaytadi va so‘nggi yillarda ziddiyatli koalitsiyalarga tayanib kelgan chap qanot rejimining uzil-kesil qulashiga olib keladi.

Source: www.aljazeera.com