Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Saudiya Arabistoni poytaxtidagi xalqaro aeroportga husiylar tomonidan berilgan raketa zarbasi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 309 kishi turli darajada tan jarohatlari oldi. Hujum 10-oktabr kuni, Eron hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi husiy harakati va Ar-Riyod yetakchiligidagi koalitsiya o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarning navbatdagi eskalatsiyasi fonida yuz berdi.

Qirollik Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Saudiya Arabistonining to‘rt nafar, Bangladeshning ikki nafar fuqarosi, shuningdek, AQSh, Iordaniya, Falastin, Suriya, Sudan va Misrdan bir nafardan fuqaro bor. Sakkiz millionlik poytaxt aeroporti vaqtincha parvozlarni to‘xtatdi, kelayotgan samolyotlar esa zaxira aerodromlariga yo‘naltirildi. Guvohlarning ta'kidlashicha, zarba paytida havo hujumidan ogohlantirish tizimi ishlamagan, terminal binosining shift qismi qulab tushgan va voqea joyiga o‘nlab tez tibbiy yordam brigadalari jalb etilgan.

Husiylar tomoni Saudiya Arabistoni havo hududi harbiy amaliyotlar maydoni ekanini yana bir bor e'lon qilib, poytaxt aeroporti faoliyati to‘xtatilganini bildirdi. Bunga javoban Saudiya Arabistoni va Yaman hukumat kuchlari husiylar nazoratidagi hududlarga yuzlab zarbalar berdi. Shu bilan birga, AQSh rejimi rahbari Donald Tramp Vashington go‘yoki husiylarga qarshi harbiy harakatlarga qo‘shilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini da'vo qildi, AQSh rejimi davlat kotibi Marko Rubio esa keskin bayonotlar bilan chiqdi.

Yaqin Sharqdagi vaziyat jiddiy keskinlashganiga qaramay, "Uzbekistan Airways" milliy aviakompaniyasi Toshkentdan Jidda va Madina shaharlariga muntazam qatnovlarni jadval asosida, odatdagi tartibda amalga oshirmoqda. Milliy aviatashuvchi mintaqadagi operativ holatni uzluksiz kuzatib borayotganini hamda har bir reys oldidan yo‘lovchilar va ekipaj a'zolarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida barcha ehtimoliy xavf-xatarlarni baholayotganini ta'kidladi.

Source: podrobno.uz