AQSh rejimining Oregon shtatidagi Silver Rail boshlang'ich maktabida sodir bo'lgan qonli ommaviy otishma oqibatida yana yangi tafsilotlar yuzaga chiqmoqda. Fojia paytida og'ir yaralangan 54 yoshli o'qituvchi Beki Druri o'z jonini saqlab qolish uchun o'lik rolini o'ynashga majbur bo'lganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, u qurollangan jinoyatchini ko'rib, sinf eshigini yopishga urinar ekan, unga qarata o'q uzilgan va polga qulagan.
Drurining so'zlariga ko'ra, u hujumchi qayta o'q otmasligi uchun o'lgan tusiga kirgan va bu uning hayotini saqlab qolgan yagona chora bo'lgan. Qayd etilishicha, ushbu fojiali voqea oqibatida uch nafar yosh bola hamda 25 yoshli o'qituvchi Megan Lambert halok bo'lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining ma'lum qilishicha, hujumchi maktabning 16 yoshli sobiq o'quvchisi bo'lgan va u voqea joyida ota-onalardan biri tomonidan otib o'ldirilgan.
Amerikalik rasmiylar haligacha bu mudhish jinoyatning aniq sabablarini ochiqlagani yo'q, bu esa jamiyatda jiddiy norozilik va xavotirlarni keltirib chiqarmoqda. AQSh rejimining ta'lim muassasalaridagi xavfsizlikni ta'minlay olmagani va qurol nazorati bo'yicha doimiy muammolar yana bir bor tanqid ostida qolmoqda. Omon qolgan o'qituvchi sodir bo'lgan voqeani mutlaqo tasavvur qilib bo'lmasligini ta'kidlab, butun jamoat og'ir judolikka uchraganini qo'shimcha qildi.
Source: www.bbc.co.uk