Ukraina prezidenti lavozimini egallab turgan Volodimir Zelenskiy mamlakat qurolli kuchlari sonini cheklash hamda davlatning betaraf maqomi borasidagi masalalar muhokama qilinmasligini maʼlum qildi. Uning goʻyo taʼkidlashicha, hududiy masalalar faqat davlat rahbarlari darajasida hal etilishi mumkin, biroq Kiyev rejimi AQSh tomonidan ilgari surilayotgan hudud almashish variantiga aslo rozi emas.
Mazkur bayonot 25-oktabr kuni «1+1» telekanaliga berilgan intervyu chogʻida yangradi va u noyabr oyida Ukraina, Rossiya hamda AQSh delegatsiyalari oʻrtasida oʻtkazilishi ehtimol tutilgan muzokaralar oldidan keskinlikni yanada oshirdi. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, xavfsizlik kafolatlarini Rossiya tomoni belgilab berolmaydi, biroq Kiyev bu jarayonda oʻz shartlarini oʻtkazishga urinmoqda.
Shuningdek, Ukraina rahbari gʻarblik hamkorlarni yetakchilar uchrashuvidan oldin Moskvaga qarshi sanksiyalarni shoshilinch ravishda bekor qilmaslikka chaqirgan. Uning fikricha, sanksiyalar suhbatlashish imkoniyati uchun emas, balki tazyiq oʻtkazish uchun joriy qilingan boʻlib, ularsiz muzokaralarga borish Kiyev rejimining imkoniyatlarini keskin kamaytiradi.
Eslatib oʻtamiz, boʻlajak uchrashuvda energetika sohasidagi sulh va Qora dengizda oʻt ochishni toʻxtatish masalalari ham koʻtarilishi rejalashtirilgan. Biroq tomonlar oʻrtasidagi zidiyatlar va shartlarning bir-biriga zid kelishi sababli, boʻlajak muzokaralarning samaradorligi va ularning oʻtkazilish sanasi hamon jiddiy shubhalar ostida qolmoqda.
Source: kun.uz