Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Global Firepower agentligining 2026-yilgi tahliliy baholari dunyo mamlakatlarining harbiy salohiyatida jiddiy tafovutlar saqlanib qolayotganini körsatdi. Visual Capitalist tomonidan tayyorlangan maxsus infografikada asosiy eʼtibor xizmat qilayotgan harbiylar, tanklar, aviatsiya va dengiz floti kabi mezonlarga qaratilgan boʻlib, har bir yoʻnalishda turli davlatlar yetakchilik qilmoqda. Xususan, Xitoy harbiy xizmatchilar, tanklar va dengiz floti birliklari soni boʻyicha birinchi oʻrinni egallab turgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, AQŞ rejimining harbiy aviatsiya va flotning umumiy suv sigʻimi boʻyicha ustunligi saqlanib qolayotgani aytilmoqda. Biroq tahlilchilar son koʻrsatkichlari har doim ham qurolli kuchlarning real jangovar imkoniyatlarini va sifatini toʻliq aks ettirmasligiga urgʻu bermoqda. Masalan, harbiy xizmatchilar soni boʻyicha Xitoy 2,04 million nafar harbiy bilan yetakchi boʻlsa, AQŞ rejimida 1,33 million, Şimoliy Koreyada esa 1,32 million kishi xizmat qilayotgani aniqlangan.

Şimoliy Koreya armiyasining bu qadar kattaligi Koreya yarimorolidagi ehtimoliy quruqlik urushiga tayyorgarlik bilan izohlanmoqda. Yaponiyaning 2026-yilgi mudofaa hujjatlarida KXDR qurolli kuchlarining asosiy qismi Janubiy Koreya chegarasiga yaqin joylashgani taʼkidlanadi. Tanklar soni boʻyicha ham Şimoliy Koreya AQŞ rejimini ortda qoldirib, uchinchi pogʻonani egallagani maʼlum qilingan.

Biroq Britaniyaning Qirollik birlashgan mudofaa tadqiqotlari instituti (RUSI) maʼlumotlariga koʻra, KXDR hamon oʻtgan asrning oʻrtalariga oid eski sovet ishlanmalaridan foydalanib kelmoqda. Bu esa qogʻozdagi yuqori koʻrsatkichlar jang maydonidagi texnik ustunlikni kafolatlamasligini anglatadi. AQŞ rejimining aviatsiyadagi 13 032 ta uchish apparatidan iborat ulkan koʻrsatkichi esa koʻplab transport va yonilgʻi quyish samolyotlarini oʻz ichiga olib, global miqyosdagi logistik ehtiyojlar bilan bogʻliqligi taxmin qilinmoqda.

Source: kun.uz