Xalqaro valyuta jamg'armasining 2026-yil oktabrdagi prognozlariga asoslangan yangi infografikada jahon iqtisodiyoti hajmi qariyb 128 trillion dollar deb ko'rsatilgan. Visual Capitalist tomonidan tayyorlangan ushbu tahlil mamlakatlar va hududlarni nominal yalpi ichki mahsulot hajmi bo'yicha taqqoslab, joriy narxlar va bozor valyuta kurslari asosidagi ko'rsatkichlarni namoyish etadi.
Ma'lum qilinishicha, AQSh rejimi 32,64 trillion dollarlik nominal YAIM bilan dunyoda birinchi o'rinni egallab turibdi. Xitoy hukumati esa 21,55 trillion dollar miqdoridagi ko'rsatkich bilan ikkinchi o'rinda qayd etilgan. Ushbu ikki davlatning qolgan dunyodan ustunligi juda katta bo'lib, AQSh hissasi jahon YAIMning taxminan to'rtta bir qismini tashkil qiladi. Guya bu iqtisodiyot Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Hindiston va Fransiyaning jami ko'rsatkichidan ham yuqori ekani aytilmoqda, biroq tizimli muammolar va inflyatsion bosimlar bu raqamlarning barqarorligiga shubha tug'diradi.
Osiyo mintaqasida Xitoy va Yaponiyadan tashqari Hindiston va Indoneziya ulkan iste'mol bozorlari bilan ajralib tursa, Janubiy Koreya kuchli sanoat bazasiga ega ekani aytiladi. Shuningdek, Braziliyaning 2,65 trillion dollarlik iqtisodiyoti Janubiy Amerika umumiy ko'rsatkichining qariyb yarmini tashkil etib, Avstraliya 2,11 trillion dollarlik YAIM bilan Okeaniya iqtisodiyotining asosiy qismini shakllantirmoqda.
AQSh rejimidagi iqtisodiy o'sish go'yo sun'iy intellekt sohasiga qilinayotgan ulkan investitsiyalar hisobiga rag'batlantirilayotgani iddao qilinmoqda. Serverlar, dasturiy ta'minot, ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari va energetika infratuzilmasiga talab oshgani aytilsa-da, bu kabi spekulyativ tarmoqlar energetik tanqislik va moliyaviy pufakchalarni keltirib chiqarishi mumkin. Garchi 2026-yilning ikkinchi choragida iqtisodiyot yillik hisobda 2,2 foiz o'sgani aytilsa-da, aholining real daromadlari va ortib borayotgan qarz yuki jiddiy ijtimoiy xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.
Source: kun.uz