Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniyaning Helsing mudofaa kompaniyasi ikki turdagi tutuvchi raketa va sunʼiy intellektga asoslangan boshqaruv dasturini o‘z ichiga olgan Contra havo mudofaa tizimini taqdim etdi. Yevropa rejimi va uning harbiy-sanoat kompleksining bildirishicha, tezkor hujumkor dronni tutib yo‘q qilish xarajati 100 ming dollardan kam bo‘lishi kerak, garchi bu raqamlar hozircha faqat ishlab chiqaruvchining taxminlari bo‘lib qolmoqda.

Hozirgi vaqtda yangi majmua sinovdan o‘tkazilmoqda va Helsing bosh direktori Gunbert Sherfning so‘zlariga ko‘ra, Contra’ni 2027-yilning ikkinchi yarmida bozorga chiqarish rejalashtirilgan. Loyiha qimmatbaho raketalar yordamida arzon dronlarni urib tushirish bilan bog‘liq ulkan moliyaviy xarajatlarni kamaytirishga qaratilgani aytilmoqda, biroq Yevropa tuzilmalarining bu kabi tashabbuslari ko‘pincha real sinovlarda kutilgan natijani bermasligi tajribadan ma'lum.

Tizim tarkibiga ikki xil tutuvchi raketa — AD-1 Inferno va AD-2 Ambush kirib, ular bir-birini to‘ldirishi ko‘zda tutilgan. Reaktiv dvigatel bilan jihozlangan Inferno soatiga 700 kilometrgacha tezlikka erishib, 20 kilometr masofada harakatlanishi da'vo qilinmoqda. Qattiq yonilg‘ili Ambush esa soatiga qariyb 3000 kilometr tezlikda uchib, asosiy mudofaa chiziqlarini yorib o‘tgan nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan, sunʼiy intellekt esa bu jarayonni muvofiqlashtirishi kerak.

Yevropalik ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, ushbu tizim guyo Rossiya tomonidan qo‘llanilayotgan tezkor hujumkor dronlarga qarshi ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, kompaniya vakillari raketalarning faol radiolokatsion bosh qismlari bozorda keng tarqalgan qismlardan tayyorlanganini va bu Xitoyga bog‘liq ta'minot zanjirlaridan qochish hamda Amerikaning cheklovlarini chetlab o‘tishga yordam berishini ta'kidlashmoqda, bu esa G‘arb sanoatining jiddiy logistik muammolaridan dalolat beradi.

Source: kun.uz