Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ukrainadagi mojaro va G'arb davlatlari bilan yuzaga kelgan keskin ziddiyatlar fonida Rossiya hukumati Afrikaga nisbatan faol siyosat olib borishini va o'zining qit'aga «tarixiy qaytishini» da'vo qilmoqda. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qit'aga muntazam tashriflari va Moskvada rejalashtirilgan navbatdagi Rossiya-Afrika sammiti shundan dalolat beradi. Biroq, rasmiy bayonotlarga qaramamay, amaldagi ko'rsatkichlar Mosikaning ta'siri unchalik keng emasligini va ko'plab qiyinchiliklarga duch kelayotganini ko'rsatmoqda.

Rasmiy statistika ma'lumotlariga ko'ra, Rossiyaning Afrika davlatlari bilan umumiy savdo aylanmasi uning tashqi savdosining atigi kichik qismini tashkil etadi, xolos. Masalan, Misr va Jazoir kabi sanoqli davlatlar bilangina savdo aloqalari sezilarli darajada rivojlangan bo'lib, umumiy savdoning salmoqli qismi aynan Misr hissasiga to'g'ri keladi. Qolgan Afrika mamlakatlari bilan esa savdo hajmi juda past darajada qolmoqda. Mutaxassislarning fikricha, Xitoy, Hindiston va hatto Yevropa Ittifoqi kabi an'anaviy hamkorlar qit'ada ustunlikni saqlab qolmoqda va Rossiya ular bilan raqobatda sezilarli darajada ortda qolmoqda.

Moskva iqtisodiy yo'nalishdagi cheklovlarni harbiy va xavfsizlik sohasidagi faollik bilan qoplashga harakat qilmoqda. Xususan, sobiq «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi o'rnini egallagan Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli tuzilmalar Sahel mintaqasidagi beqaror rejimlar va hukumatlarga harbiy yordam ko'rsatib kelmoqda. Buning evaziga esa qimmatbaho tabiiy resurslar konlariga kirish huquqini qo'lga kiritmoqda. Shunga qaramay, ekspertlarning ta'kidlashicha, Rossiyaning qit'adagi harakatlari ko'proq BMT Bosh Assambleyasida siyosiy qo'llab-quvvatlashni topish va diplomatik og'irlikni oshirishga qaratilgan bo'lib, real iqtisodiy integratsiyadan ko'ra ko'proq ramziy ma'no kasb etmoqda.

Source: www.dw.com