Germaniyada keng tarqalgan kamsitish: har sakkizinchi kishi jabr ko‘rmoqda
Germaniyada olib borilgan yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 2022-yilda mamlakatda yashovchi har sakkizinchi kishi kamida bir marta kamsitishga uchragan. Bu taxminan to‘qqiz million kishini anglatadi. Mustaqil Federal Hukumatning Kamsitishga qarshi komissari Ferda Ataman o‘tkazilgan “Germaniyada kamsitish qanday his qilinadi” nomli tadqiqot natijalarini Berlinda taqdim etdi. Tadqiqotda kamsitishning asosan tashqi ko‘rinishga asoslanganligi ta’kidlandi.











