Germaniyaning Drezden shahrida Ikkinchi Jahon urushidan qolgan bomba topildi, 18 ming kishi evakuatsiya qilindi
Germaniyaning Drezden shahri markazida, Ikkinchi Jahon urushidan qolgan 250 kilogramm og‘irlikdagi portlanmagan bomba topilishi sababli keng ko‘lamli evakuatsiya amalga oshirildi. Bu bomba, 2024-yilda Elba daryosiga qulagan sobiq Karola ko‘prigi yaqinida topilgan bo‘lib, shahar tarixidagi eng katta evakuatsiya hodisasi sifatida qayd etilmoqda. Drezden o‘t o‘chirish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, evakuatsiya qilinayotganlar soni taxminan 18 ming kishini, jumladan, mahalliy aholi, sayyohlar va ishga boruvchilarni o‘z ichiga oladi.











