Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent, Olmazor tumanida elektr energiyasi ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar qayd etildi. Uzilishga “Vistavochnaya” podstansiyasidagi avariya sabab bo‘lgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, elektrsiz qolganlar: 6200 xonadon; 807 yuridik iste'molchi; 18 ta ijtimoiy soha obyekti va talabalar turar joylari.

Vaqtinchalik uzilish zonasiga quyidagi mahallalar tushgan: Quyosh, Orzu, Universitet, Ziyo, Zamondosh, Alon, Chustiy, Chig‘atoy Darvoza va Ziyokor.

Hozirda voqea joyida maxsus brigada ishlamoqda, ular avariya oqibatlarini bartaraf etish va tarmoqlarni tiklash bilan shug‘ullanmoqda. Elektr ta'minoti ta'mirlash ishlari tugagach, bosqichma-bosqich tiklanadi.

Source: podrobno.uz