O‘zbekiston Afg‘onistonga 40 tonna qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tekin yetkazib berdi. Insonparvarlik yordami tarkibiga paxta, sholi, shuningdek, sabzavot va poliz ekinlari urug‘lari kiritilgan.
Yetkazib berishni Qishloq xo‘jaligi vazirligi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi orqali tashkil qildi. Afg‘on fermerlari va qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga turli ob-havo sharoitlariga chidamli 20 tonna sertifikatlangan paxta urug‘i, 20 tonna sholi va 500 kilogramm yuqori sifatli sabzavot va poliz ekinlari urug‘lari yuborildi.
Yordam Afg‘onistonda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, qishloq aholisi bandligini oshirish va zamonaviy agrar texnologiyalarni joriy etishga hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi agrar sohadagi hamkorlik kengayib borayotgani ta’kidlandi. Amalga oshirilayotgan loyihalar iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shnichilik munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan.
Source: podrobno.uz