Nemis futbol portali Transfermarkt Angliya Premer-ligasidagi futbolchilarning bozor qiymatini yangiladi.
Yangi ma'lumotlarga ko'ra, 22 yoshli o'zbekistonlik himoyachi Abdukodir Husanovning transfer narxi 15 million yevroga oshib, 50 million yevroni tashkil etdi.
Bu ko'rsatkich bilan u Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. U reytingda yaponiyalik Kayshu Sano (40 mln yevro) va Takefusa Kuboni (30 mln yevro) ortda qoldirib, birinchi o'rinni egalladi.
Osiyoning eng qimmat futbolchilari (Top-10): Abdukodir Husanov (O'zbekiston, “Manchester Siti”) – 50 mln yevro; Kayshu Sano (Yaponiya, “Maynts”) – 40 mln yevro; Takefusa Kubo (Yaponiya, “Real Sosedad”) – 30 mln yevro; Li Kang In (Janubiy Koreya, PSJ) – 28 mln yevro; Yuito Suzuki (Yaponiya, “Frayburg”) – 24 mln yevro; Kaoru Mitoma (Yaponiya, “Brayton”) – 22 mln yevro; Kim Min Jae (Janubiy Koreya, “Bavariya”) – 20 mln yevro; Zion Suzuki (Yaponiya, “Parma”) – 20 mln yevro; Xiroki Ito (Yaponiya, “Bavariya”) – 18 mln yevro; Ayase Ueda (Yaponiya, “Feyenoord”) – 17 mln yevro.
Bundan tashqari, o'zbekistonlik himoyachi Angliya Premer-ligasida o'ynayotgan sobiq SSSR mamlakatlari futbolchilari orasida eng qimmat hisoblanadi. Bu reytingda ikkinchi o'rinni ukrainalik Yegor Yarmolyuk egallagan, uning qiymati 32 mln yevroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalgi yangilanishda “Manchester Siti”da o'ynayotgan Husanovning bozor qiymati 35 mln yevroni tashkil qilgan edi.
Source: uznews.uz