Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Chery Uzbekistan o'zining yangi gibrid texnologiyalari – Chery Super Hybrid (CSH) ni taqdim etdi. Ushbu tizim benzinli dvigatel, elektromotor va aqlli energiya boshqaruvini birlashtiradi. Shaharda avtomobillar asosan elektr quvvati bilan harakatlanadi, bu esa yoqilg'i sarfini va shovqinni kamaytiradi.

Gibrid qurilmaning beshinchi avlodi 44,5% termal samaradorlikka ega. Modelga qarab 100 km/soat tezlikka 5,2 soniyada erishiladi, batareya zaryadsiz holatda yoqilg'i sarfi 100 km ga 3,9–5,2 litrni tashkil etadi.

Xalqaro EU Extreme Endurance Challenge sinovida avtomobillar 7 davlat bo'ylab 3500 km yo'l bosib o'tdi. WLTC siklida umumiy yurish masofasi to'liq bak va to'liq zaryad bilan 1403 km ni tashkil etdi.

Tadbirda uchta model namoyish etildi. ARRIZO 8 HYBRID biznes-sedani – shahar va shahar tashqarisiga mos, yoqilg'i sarfi 3,9 l/100 km. Narxi: 344 900 000 so'mdan.

TIGGO 8 HYBRID – 7 o'rinli oilaviy krossover, yurish masofasi 1200 km dan ortiq, V2L funksiyasi mavjud. Yoqilg'i sarfi 5,2 l/100 km. Narxi: 399 900 000 so'mdan.

Asosiy premyera – TIGGO 9 HYBRID flagmani. Uch elektromotorli gibrid tizim, umumiy quvvat 605 ot kuchi, 0–100 km/soat tezlikka 5,2 soniya. Elektr quvvatida yurish masofasi 170 km, gibrid rejimda 1200 km dan ortiq. To'liq g'ildirakli, 7 o'rinli salon, oldingi o'rindiqlar massaji, Sony audio tizimi (14 dinamik), ADAS tizimlari va APA avtoparkovka mavjud. Narxi: 549 900 000 so'mdan.

Shuningdek, TIGGO 9 PRO benzinli versiyasi (2.0 turbo, to'liq g'ildirak) taqdim etildi. Narxi: 499 900 000 so'mdan.

Barcha ma'lumotlar cheryauto.uz saytida mavjud. Aloqa: +998 71 276 55 55. Reklama huquqida.

Source: uznews.uz