Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-5 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Prezidentni “Pulkovo” xalqaro aeroportida Rossiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov, Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun, 4 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari yana bir muhim tadbirda – O‘zbekistonda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi reaktori qurilishi boshlanishi marosimida ishtirok etadi.

5 iyun kuni esa Mirziyoyev 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining asosiy tadbirlarida qatnashib, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar va barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Source: uznews.uz