O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning may oyida mamlakatga 1,3 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.
Umuman olganda, 2026 yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonga 5 million 352 mingdan ziyod turist kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 million 148 ming kishiga yoki 27,3 foizga ko‘pdir.
Turizm qo‘mitasi bu o‘sish sur’atlari O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan turistik yo‘nalishlardan biriga aylanayotganidan dalolat berishini ta’kidlaydi.
Hisobot davrida mamlakatning turistik xizmatlar eksporti 2 milliard 244 million dollarni tashkil etgan. Bu turizm sohasining iqtisodiyotga valyuta tushumlarini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va aholi bandligini oshirishdagi rolini tasdiqlaydi.
Source: kun.uz